Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

DIQQAT, TANLOV!

“O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho” tanloviga marhamat!
O‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyon etish, talabalarning yozma nutq madaniyati, ijodiy tafakkuri va adabiy savodxonligini rivojlantirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish maqsadida oliy ta’lim tashkiloti talabalari o‘rtasida “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho” tanlovi e’lon qilinadi!

Tanlovda ishtirok eting va o‘z iste’dodingizni namoyon qiling!

Tanlovning asosiy maqsadlari:

O‘zbek tilining nufuzini oshirish va uning boyligini targ‘ib etish;
Talabalarning ijodiy qobiliyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Savodxonlik, nutq madaniyati va badiiy ifoda mahoratini yuksaltirish;
Iqtidorli va ijodkor talabalarni aniqlash hamda rag‘batlantirish.

Tanlov shartlari:

Insho o‘zbek tilida, lotin yozuviga asoslangan alifboda yozilishi lozim.
Matn mustaqil fikr, ijodiy yondashuv va ravon bayon asosida tayyorlanishi kerak.
Inshoning mazmuni, savodxonligi, uslubi va mavzuni yoritish darajasi baholanadi.
Boshqalarning ishidan ko‘chirilgan insholar tanlovga qabul qilinmaydi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlov muddati: 2026 yil 20 oktabr kuni soat 15:00.

Insholarni topshirish manzili: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot resurs markazi.

Murojaat uchun: 93 147-70-38; @Sanjar7038  

Aziz talabalar! Ona tilimizga bo‘lgan mehringizni, bilim va ijodiy salohiyatingizni namoyon eting!

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va ma’naviy boyligimiz!
Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Filial matbuot xizmati.