“Xavfsiz talaba” dasturi doirasidagi ishlar muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish jarayonida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz talaba” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i B.Sheranov boshchiligidagi ishchi guruh hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi mas’ullari, filial direktori B.Erimbetov boshchiligida filial mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, “Xavfsiz talaba” dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, talabalar xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dasturining texnik imkoniyatlari tushuntirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda “Xavfsiz talaba” dasturidan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Filial matbuot xizmati.