Filialda milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassislari X.Nezamatov va X.Ibragimova, Nukus Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurti direktori o‘rinbosari Q.Mambetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi S.Tanabergenov, filial tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar milliy qadriyatlar – xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari, an’analari, tili va madaniyatini asrab-avaylash hamda ularni kelajak avlodga yetkazishning muhim omili ekani ta’kidlandi. Shuningdek, milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni uyg‘unlashtirish, yoshlarda Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kichikka izzat va o‘zaro bag‘rikenglik fazilatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, boshqa insonlarning e’tiqod va qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati tushuntirildi. Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda bag‘rikenglik, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida «Tinchlikning qadri» mavzusida videorolik va yana ogohlikka undovchi slaydlar namoyish etildi.

Filial matbuot xizmati.