Filialda «Qadring baland bo‘lsin – ona tilim» mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Bayram kechasini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Mirzanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, o‘zbek tilining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining jozibadorligi, uning dunyo xalqlari orasida tutgan o‘rni va kelajak avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, tilning maqomi va nufuzini ko‘tarish borasida qilingan ishlar haqida ma’ruzalar qildi.
Shundan so‘ng «Do‘stlik uchrashuvi» doirasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, jamoa a’zolari va talabalariga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori nomidan Diplom, Minnatdorchilik xati va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram kechasi filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Filial Matbuot xizmati.