KORONAVIRUS INFEKSIYASIGA QARSHI ZF-UZ-VAC2001 VAKSINASI BILAN EMLANMOQDA
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi koronavirusga qarshi vaksina olishni boshladi.
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar va xodimlar jamoasi koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlanmoqda.

Oʼzbekiston va Xitoy tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan COVID-19ga qarshi emlashni oʼtkazishning maqsadi – koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish va ushbu kasallik asoratlarini oldini olishdan iborat.
Koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashni amaliyotga kiritish va emlash jarayoni – bosqichma-bosqich olib borilayapti.
Vaktsinaga boʼlgan extiyojni e’tiborga olib, COVID-19 yuqish xavfi va asoratlar berish ehtimoli yuqori boʼlgan aholini birinchi navbatda emlash tashkil etilayapti.
Unutmang, biz emlash orqali nafaqat oʻzimizni, atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.
Filial Matbuot xizmati