Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Bir yillik to’lov kontrakt mablag’lari to’lob berildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 98-sonli yig’ilish bayonining 104-bandiga asos Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2021 yil Xorazm viloyatidagi iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirgan 500 nafar talabalarning bir yillik to’lov kontraktlarini Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi huziridagi «Xorazm yoshlarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi» tomonidan to’lob berish vazifasi belgilangan edi.
Shunga asosan Xorazm viloyati Yangibozor tumani «Xalqabod» MFY istiqomat qiladigan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Nodir Matqurbonovning bir yillik to’lov kontrakt mablag’lari Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi huziridagi «Xorazm yoshlarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi» tomonidan to’lob berildi.

Filial Matbuot xizmati.