Davlat madhiyasini ijro etish vaqtlari va tartibi Qonun bilan belgilab berilgan

#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko’ra, davlat madhiyasi ko’pchilik huzurida ijro etilganda hozir bo’lgan kishilar madhiyani tik turib va o’ng qo’l kaftini ko’krakning chap tomoniga qo’yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo’lini bosh kiyimiga qo’yib tinglaydi.

❗️Qonunda belgilangan tartiblarni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so’mgacha), mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 7 baravarigacha (810 ming so’mdan 1 mln 890 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

‼️ Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish esa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi hamda BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so’mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Filial Matbuot xizmati.