Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Akademik va moliyaviy mustaqillig imkoniyatlari mavzusida seminar-trening tashkil etildi

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ham OTMlarida talabalar uchun qishki ta’til vaqti uzaytirilganligidan unumli foydalangan xolda 2021 yil 24-dekabr kuni imzolangan O’zbeksiton Respublikasi Prezidentining akademik va moliyaviy mustaqilligi to’g’risidagi qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga etkazish, o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish hamda o’quv, ilmiy va ma’naviy faoliyatlarni to’g’ri tashkil etish maqsadida joriy yilning 10-yanvaridan 24-yanvarigacha amaliy seminar-trening o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan 12-yanvar kuni filialda masullar va professor-o’qutuvchilar uchun akademik va moliyaviy mustaqillig imkoniyatlari mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningni o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i D.Qoshanov olib bordi.

Filial Matbuot xizmati.