«El-yurt umidi» jamg’armasi joriy yilda nogironligi bo’lgan iqtidorli yoshlarga ustuvor e’tibor qaratadi
Ayni daqiqalarda AOKAda «El-yurt umidi» jamg’armasi ijrochi direktori o’rinbosari Javohir Ahmedov hamda
axborot xizmati rahbari Mirziyo Sodiqov ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.
Jamg’arma tomonidan 140 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotning xorijda ta’lim olish uchun real ehtiyoji o’rganilganda jami 2068 o’ringa, jumladan bakalavriatga 253 o’rin, magistraturaga 1259 o’rin va doktoranturaga 556 o’ringa ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur ehtiyojlardan kelib chiqib, xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2022 yilga mo’ljallangan stipendiyalar kvotasi 420 o’rin etib tasdiqlangan.
Jamg’arma dasturlari kesimida bakalavriatga 120 o’rin, magistraturaga 180 o’rin va doktoranturaga 120 o’rin ajratilgan.
Stipendiyaga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yil 10 yanvardan 10 fevralga qadar, saralash tanlovini o’tkazish esa 10 fevraldan 10 martga qadar amalga oshiriladi hamda stipendiya tanlovlarida O’zbekiston fuqarolari mehnat faoliyati va o’qish joyidan qat’i nazar ochiq va barcha uchun yagona tartibda ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Ta’kidlanishicha, 2020 yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi bo’lgan iqtidorli yoshlar xorijiy davlatga ta’lim olishga yuborilgan. Joriy yilda ushbu ko’rsatkichni oshirishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Filial Matbuot xizmati.
