Pekin-2022: biatlonda qaysi davlatdan necha nafar sportchi qatnashadi?

Kecha 16 yanvar kuni Germaniyaning Rupolding shahrida biatlon bo’yicha Pekin olimpiadasiga ochkolarni taqdim etadigan so’nggi reyting musobaqasi – millatlar kubogining oxirgi bosqichi yakunlandi.

Uning natijalariga ko’ra, Pekinda qishki olimpiadaning biatlon bahslari o’tadigan 5-19 fevral kunlaridagi medallar uchun kurashda qaysi davlatdan necha nafar sportchi qatnashishi aniqlandi, deya xabar bermoqda Xalqaro biatlonchilar uyushmasi (IBU).

Eng ko’p yo’llanmalar soni Frantsiya va Norvegiya jamoalariga nasib etdi. Ular erkaklar va ayollar dasturida 6 nafardan sportchi bilan Pekin bahslarida qatnashadigan bo’lishdi. Germaniya va Shvetsiya vakillari 11 ta yo’llanmaga ega chiqishdi.

Qolgan davlatlarning joylashuvi quyidagi ko’rinishni oldi: Avstriya, Belarus, Chexiya, Italiya, Rossiya, Ukraina – 10 tadan yo’llanma, Bolgariya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Slovakiya, Shveytsariya, AQSh-8 tadan, Xitoy, Sloveniya, Yaponiya – 6 tadan, Belgiya, Litva, Polsha -5 tadan, Moldova -4 ta, Janubiy Koreya-3 ta, Qozog’iston, Latviya, Ruminiya-2 tadan,  Daniya va Yangi Zelandiya- 1 tadan. Eslatib o’tamiz, Pekinda o’tadigan qishki olimpiya o’yinlarining biatlon musobaqalarida 200 nafarga yaqin mahoratli sportchilar ishtirok etadi.

T.Ro’ziev, O’zA