Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Toshkent shahrida 27 yanvar kuni professional boks bo’yicha musobaqa tashkil etiladi

Boshlangan yil boshqa sport turlari qatori mamlakatimiz professional bokschilari uchun ham o’ziga xos yangiliklar bilan boshlandi.

O’zbekiston professional boks federatsiyasi hakamlar kengashi raisi Nabijon Ismanovning bildirishicha, 27 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida professional boks bo’yicha musobaqa tashkil etiladi.  – 2022 yil davomida O’zbekiston professional boks federatsiyasining xalqaro hamkorlik aloqalari ham rivojlanadi. Yaqinda Qirg’izistondan bir guruh mutaxassislar yurtimizga kelib ketishdi va ular bilan professional boks bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib oldik. Bundan tashqari, Evropa davlatlari, qit’amizning Vetnam, Janubiy Koreya, Tailand hamda AQShdagi professional boks tashkilotlari bilan ham hamkorlikni kengaytirish bo’yicha ish olib bormoqdamiz, – deydi N.Ismanov.

Musobaqaning markaziy jangida yaponiyalik Sevonrets Okadzava va hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov 67 kilogramm vaznda kuch sinashadi. Uchrashuv 4 raund etib belgilangan.

Shuningdek, boks oqshomida 61 kilogramm vazn toifasida Abdulaziz Najmiddinov – Abbosbek Ashuraliev, Shukurjon Toshboltaev – Farrux Arslonov, 69 kilogramda Dilshod Isroilov – Jamshid Karimov hamda 90 kilogramda Donyorbek Komarov – Shohruh Almatov “duel”lari bo’lib o’tishi belgilangan.

Filial Matbuot xizmati.