E’LON: “YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” ILMIY-INNOVATSION ISHLANMALAR RESPUBLIKA TANLOVI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 24-yanvar kunidan 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:
– texnika va texnologiya;
– axborot texnologiyalari;
– tibbiyot;
– qishloq va suv xo‘jaligi;
– arxitektura va qurilish.
Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil);
– ishlanmaning dolzarbligi va qo‘llanish sohasi;
– texnik iqtisodiy tavsifi;
– ishlanmaga oid ilmiy ishlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
– ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram: 97-746-37-21) taqdim etiladi.
Tanlov g‘oliblari:
- 1-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
- 2-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
- 3-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprel oylari mobaynida ko‘rib chiqiladi va tanlov g‘oliblarni joriy yilning may oyida e’lon qilinadi.
Manba: Axborot xizmati
