Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

E’LON: “YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” ILMIY-INNOVATSION ISHLANMALAR RESPUBLIKA TANLOVI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 24-yanvar kunidan 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

– texnika va texnologiya;

– axborot texnologiyalari;

– tibbiyot;

– qishloq va suv xo‘jaligi;

– arxitektura va qurilish.

Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil);

– ishlanmaning dolzarbligi va qo‘llanish sohasi;

– texnik iqtisodiy tavsifi;

– ishlanmaga oid ilmiy ishlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);

– ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram: 97-746-37-21) taqdim etiladi.

Tanlov g‘oliblari:

  • 1-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
  • 2-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
  • 3-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprel oylari mobaynida ko‘rib chiqiladi va tanlov g‘oliblarni joriy yilning may oyida e’lon qilinadi.

⇒ Tanlov nizomi yuklab olish

Manba: Axborot xizmati