Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

PREZIDENTIMIZ “PEKIN-2022” QISHKI OLIMPIADA O’YINLARINING OCHILISH MAROSIMIDA QATNASHADI

 


    Ma’lumki, joriy yilning 4 fevral kuni Pekin shahrida navbatdagi qishki Olimpiada o’yinlarining ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping taklifiga binoan, mazkur tantanada xorijiy davlatlar va hukumatlar, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda kun.uz nashri dunyo axborot agentligiga tayanib xabar beradi.

       E’tiborlisi, Xitoy rahbari shu munosabat bilan 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar etakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o’tkazadi.

       Mehmonlar orasida ko’plab davlatlar, jumladan.  O’zbekiston  rahbari, shuningdek, Xalqaro olimpiya qo’mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus ham bor.

Filial Matbuot xizmati.