Foydalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti  Nukus filiali O’zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi» Qonuni  o’quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishda, axborot – resurs markazi  sifatida  yangi mavqeini belgilashda, turli idoralarga tegishli axborot-kutubxona muassasalari bilan o’zaro hamkorligini amalga oshirishda  asosiy huquqiy hujjat vazifasini bajaradi.

Filialining Axborot-resurs markazi O’zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi» Qonuniga asoslanib ta’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq, asosan jismoniy tarbiya va sportga,  ilmiy ta’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi, elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha Komissiya tuzish to’g’risida»gi F-4789-sonli farmoyishi  va 2017 yil 13 sentyabrdagi PK-3271 son qarori buyicha  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil  18 sentyabrdagi 679 son buyrug’i va Filialning 2017 yil 28 sentyabrdagi 412 son buyrug’idagi ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti  Nukus filiali tomonidan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ushbu reja asosida filialimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida» 2019 yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori “Axborot-kutubxona markazlarining kitob fondini izchil yangilab borilishi va kengaytirilishi” bo’yicha Axborot-resurs markazi fondi, 2020-yil 1810 nusxada,  2021-yil 708 nusxada adabiyotlar bilan boyitildi.

 

   Filial Axborot-resurs markazida  umumiy kitob fondi 1147 nomda 4112 nusxadan iborat. Shundan, 626 nomda, 3243 nusxada darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy qo’llanmalar, 382 nomda, 887  nusxada badiiy adabiyotlar, 82 nomda, 139 nusxada boshqa ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tashkil etadi. Markazi fondi muntazam ravishda yangi adabiyotlar bilan ta’minlanib borilgan va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan, 6 ta  kompyuter jamlanmasi, 1 ta tezkor  printer  bilan ta’minlangan. Markazda elektron kutubxona va o’quv  zali talabalar, professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, ishchi-xizmatchilarga an’anaviy ham avtomatlashtirilgan tizimda xizmat ko’rsatadi. Filial Axborot-resurs markazi fondidagi darslik, o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanmalarda, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni elektron shakli hamda asl nusxalari mavjud bo’lib, ulardan professor-o’qituvchilar, talabalar  to’liq foydalanadilar. Filial Axborot-resurs markazida elektron o’quv zallar mavjud bo’lib, 6 ta kompyuter internet tarmog’iga ulangan. Elektron kutubxonaga a’zo bo’lgan  kitobxonlarga axborot almashuvi bo’yicha barcha sharoit va imkoniyatlar  yaratilgan. Qo’shimcha vositalar bilan ulanish hamda tezkor axborot almashinuvi uchun Wi-Fi zonasi mavjud. Bugungi kunda o’quvchilar kitobxonda 1225 ta adabiyotlarning elektron shaklidan foydalanishmoqda. Axborot resurs markazida maxsus “Elektron kutubxona” bazasi mavjud bo’lib, u erga barcha o’quv adabiyotlarning elektron versiyasi pdf formatda joylashtirilib boriladi. Professor-o’qituvchi va talabalar o’zlariga kerakli kitoblarini masofadan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

K.Toreshova 

                    Axborot resurs markazi mudiri.