Kontrakt to’lovlari 1 martga qadar uzaytirildi

Respublika ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq,  2021/2022 o’quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilar o’qishi uchun  kontrakt miqdorini to’lashning so’nggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi (https://t.me/eduuz/7961).

-Ushbu muddat quyidagilar:

-to’lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

 -to’lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o’quvchilikka tavsiya etilganlar;

-tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

 -o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Filial Matbuot xizmati.