«Salomatlik uchun 5000 qadam yurish» marafoni tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini taminlash maqsadida 2022 yil 9 aprel kuni erta tongdan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent B.Mambetov boshchiligida, filial professor-o’qituvchilari, texnik xodimlari va talaba-yoshlari qatnashida «Salomatlik uchun 5000 qadam yurish» shiori ostida marafon tashkil etildi.

Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya organizmning bir maromda ishlashi, immunitetning oshishiga xizmat qiladi.

Buni yaxshi tushingan marafon ishtirokchilari o’quv binosi oldidan start  olgan «Salomatlik uchun 5000 qadam yurish» marafoni doirasida professor-o’qituvchilar, texnik xodimlar va talaba-yoshlari ichki turizmni ham rivojlantirish maqsadida Nukus shahridan 30 kilometrga yaqin uzoqlikda, yaniy, Xujayli tumani hududida joylashgan Mizdaqxan kompleksidagi XIII asrlarda qurilgan Nazlimxon suluv tarixiy estaligiga ham yurib borishdi va sayohat uyushtirdi.

 

Yurish har qanday kasallikning oldini olishda samara beradi,-deydi Yaponiya davlatining Tokio shahrida o’tkazilgan XXXII Yozgi Olimpiada o’yinlarida sportning qilichbozlik turi bo’yicha munosib ishtirok etib, kuchli sakkizlikdan joy olgan sportchi, filialning Psixologiya (sport) yo’nalishi 2-bosqich talabasi Z.Dayibekova. – Sog’lom turmush tarzini ko’pchilik faqat to’g’ri ovqatlanish, gigienik talablarga rioya qilishda, deb tushinadi.

Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish ham inson organizmining bir maromda ishlashi hamda immunitet hosil bo’lishiga xizmat qiladi. Salomatligingiz uchun ertalab       10-15 daqiqa sport bilan shug’illanishni tavsiya etaman.

 

Sayohati davomida ular  Mizdaqxan kompleksida joylashgan tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdi.  

Filial Matbuot xizmati.