Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Professor-o‘qituvchilarga imtihonni o‘tkazish tartibi va talablari haqida tushunchalar berildi

May oyida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar yozgi yakuniy baholash imtihonlarini topshirishi rejalashtirilgan.

 

Yozgi yakuniy baholash imtihonlarining ochiq va shaffoflik tamoyillari asosida adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida bugun filialda professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda «Sport turlari» fakulteti dekani D.Nurishov va filial profilaktika inspektori R.Ismaylovlar tomonidan imtihonlarni ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish, tamagirlik, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, imtihonni o‘tkazish tartibi va talablari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.

Bu borada professor-o‘qituvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Yig‘ilishda talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy totuvlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi U.Dosbergenov ishtirok etdi.

Filial Matbuot xizmati.