Sh.Ibragimova to‘garak a’zolari uchun master-klass o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan Nukus tumani 19-sonli umumta’lim maktabida filial bitiruvchisi «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Sh.Ibragimova nomidagi badiiy gimnastika to‘garagi tashkil etilgan edi.

Bugun to‘garak a’zolari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Sababi, Sh.Ibragimovaning o‘zi to‘garakka qatnayotgan yosh badiiy gimnastikachilar bilan uchrashdi va ular uchun master-klass o‘tkazdi.

Ustoz sportchi to‘garak a’zolariga gimnastika mashqlarini to‘g‘ri bajarish texnikasi, sportda tartib-intizom va mashqlarni ishlatib ko‘rsatdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida yoshlar ustoz sportchining har bir chiqishini qiziqish bilan kuzatdi va faol ishtirok etdi.

Filial Matbuot xizmati.