Soha mutaxassislari bilan ijaradagi talabalarning ahvoli o‘rganildi

Kuz-qish mavsumini xavfsiz va zararsiz o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.Roziboyev va Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik A.Qurbonovlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi va filial tyutorlari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida ijara shartnomasi asosida ijarada yashayotgan talabalar uylarining qozonxonalari va mo‘rilarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

So‘ng Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shahar bo‘limi mutaxassislari tyutorlar bilan hamkorlikda ijara uylarning mavsumga tayyorgarligini o‘rgandi va ijarada yashovchi talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Filial Matbuot xizmati.