Filialda adabiy kecha bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot resurs markazi rahbari K.Toreshova tomonidan «Yoshlar tarbiyasida kitobning tutgan o‘rni» mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.

Adabiy kechada filial professor-o‘qituvchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi talabalarga insonning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishida kitobning tutgan o‘rni, axborot resurs markazlarida kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar, gazeta-jurnallar, ulardan foydalanish tartibi va saqlash usullari haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.