Professor-o‘qituvchilar amaliyotchi talabalar bilan yaqin aloqada ish olib bormoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Sport faoliyati» (faoliyat turlari bo‘yicha) kunduzgi ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalari o‘quv rejasiga asosan joriy yilning 26-yanvar sanasidan 7-mart sanasigacha Nukus shahrida joylashgan umumta’lim maktablariga pedagogik amaliyotga yuborildi.

Ularning amaliyot davrini nazorat qilish, o‘rganib borish, tegishli yordamlarni ko‘rsatish, ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish, amaliyotchi talabalarni dastur doirasida kafedralarning tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishtirish, hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish, bu bo‘yicha tegishli tartibda amaliy, metodik yordamlar ko‘rsatish va kerakli kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kafedralardan professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.

Bu borada «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasidan biriktirilgan professor-o‘qituvchilar pedagogik amaliyotni o‘tayotgan amaliyotchi talabalarning amaliyot jarayoni bilan tanishib, ular bilan yaqin aloqada ish olib bormoqda.
Filial Matbuot xizmati.