Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» mavzusida suhbat o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgust kuni «Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi o‘rtasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-348-sonli qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qaror asosida bugun Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Kalilayeva Ulbosin rahbarligida filialda tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirokida «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda filial hamshirasi Nursiluv Ramanova, professor-o‘qituvchilari Roza Reymbayeva, Aynura Patullayevalar talaba qizlarga xalq orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko‘rsatish va ular uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar va beg‘araz donorlardan olingan qonlarning kimlarga va qanday holatlarda ishlatilishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.