Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda tashkiliy jinoyatchilik, narkojinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar va murabbiylarni tashkiliy jinoyatchilik, narkojinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutiboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborot sektori bosh maslahatchisi M.Xo‘jaxmetova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori katta yordamchisi A.Djumamuratov mamlakatimizda inson qadri tamoyili asosida sportchilarga, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. So‘ng uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Har qanday uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatchilik va korrupsiyaga sherik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida har bir ishtirokchini bunday huquqbuzarliklardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

 

Filial Matbuot xizmati.