Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari trenerlarga seminar-trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari respublikamizdagi sport maktablaridagi sportchilarning ishlarini takomillashtirish, ular orasidan kuchli sportchilarni tanlash ishlarini samarali tashkil etish va sport musobaqalarida g‘alabaga erishish imkoniyatlarini oshirish maqsadida joylarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

«Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi dotsenti T.Djumaniyazova va p.i.b.f.d (PhD), dotsent D.Astankulova Nukus shahridagi «Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi» murabbiylariga «Badiiy gimnastikachilarning maxsus tayyorgarligini va buyumlar bilan bajariladigan murakkab mashqlar texnikasini takomillashtirish» mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminarda filial professor-o‘qituvchilari maxsus jismoniy mashqlarni bajarish texnika-taktikasi haqida trenerlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.