Filialda kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialida bo‘lib turibdi.

Kunning ikkinchi yarmida rektor O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning Nukus filiali bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov ochib berdi va boshqarib bordi.

Majlis kun tartibida O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-58-sonli Farmonining mazmun-mohiyati haqida keng tarzda tushunchalar berildi va universitetning Nukus filialida olib borilayotgan ishlar keng muhokama qilindi. Ya’ni, xususan, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, filialning moliyaviy holatini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Bu bo‘yicha yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilindi.
Filial Matbuot xizmati.