Filialda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E.Qutiboyev, filial direktori B.Erimbetov va Nukus shahridagi sport maktablari direktorlari bilan birgalikda bugungi kunda Prezidentimizning bevosita rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, ularning har tomonlama yetuk, komil insonlar bo‘lib yetishishi uchun olib borilayotgan islohotlar, ularga yoshlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng talabalarning fikr va takliflari tinglandi va maktab direktorlariga bitiruvchi kurs talabalarini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Jasmina Baxitova