Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Ijod zavqi» – iste’dod va ilhom uchrashuvi bo‘ldi

Talaba-yoshlarda tasviriy va amaliy san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Ijod zavqi» loyihasi doirasida «Ijod zavqi – qalb va san’at uchrashuvi,» «Ijod zavqi – talaba va ustozlar muloqoti» mavzularida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar rassomlarning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning san’atga bo‘lgan yondashuvlari, ijodiy izlanishlari va tajribalari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi va san’atning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdi.

 

Uchrashuv doirasida rangli suratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Ushbu ijodiy uchrashuv talaba-yoshlarning estetik didini, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni erkin ijod qilishga undaydi.

Filial matbuot xizmati.