Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga kasting o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tarkibidagi mas’ul yo‘nalishlar bo‘yicha kasting o‘tkazildi.

Kastingda “Intellektual loyihalar koordinatori”, “Besh tashabbus loyihalari koordinatori”, “Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori”, “Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori”, “Yoshlar daftari» va mecentalik loyihalari koordinatori” va “Talaba qizlar koordinatori” lavozimlari uchun nomzodlar ishtirok etdi.

Kasting jarayonining adolatli, ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-a’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o’rinbosari Xojametov Gulmurat baholash jarayonida bevosita ishtirok etdi.

Nomzodlar o‘zlarini tanishtirib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va salohiyatini, tashabbuskorligini hamda kelgusidagi reja va g‘oyalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilarning liderlik qobiliyati, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi, ijtimoiy faolligi va yoshlar bilan ishlashga bo‘lgan qiziqishiga alohida e’tibor qaratildi.

Filial Matbuot xizmati.