DIQQAT TANLOV

Yosh avlodning milliy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi va Vatanimizning uch ming yillik davlatchilik va taraqqiyot tarixiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy tafakkurini rivojlantirish va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari» mavzusida asarlar tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlovning asosiy maqsadi:
- O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatchilik va sivilizatsiya tarixini keng targ‘ib qilish;
- buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettirish;
- o‘quvchilarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash;
- yoshlarning mustaqil fikrlash, ijodiy va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish.
- Tanlov ishtirokchilaridan asarda mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berish, tarixiy dalillar va manbalardan foydalanish, erkin fikr va ijodiy yondashuv talab etiladi.
Tanlovga ishlarni topshirish manzili: @Koblan_Mnajatdinov, @Seydametovazizbek va muddati: 07.10.2026
G‘olib va sovrindorlar Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Tarixni anglagan avlod – kelajagini quradi!
Filial Matbuot xizmati.