Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sektori bosh maslahatchisi professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sektori bosh maslahatchisi bilan filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sektori bosh maslahatchisi Ajiniyaz Nurabullayev intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, foydali model, sanoat namunalari va ixtirolar uchun olinadigan patentlar, elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari uchun olinadigan guvohnomalar, ularning berilish tartiblari, patent va guvohnomalar olish uchun topshiriladigan hujjatlar, Intellektual mulk markazi bazasidan patent hujjatlarini qidirish, «Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi» huquqiy aksiyasi doirasida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha qonunchilik, sohaga oid masalalar haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldi.

Filial matbuot xizmati.