O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori filialga tashrif buyurdi
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida amalga oshirilgan ishlar va ichki muhit bilan yaqindan tanishish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Rustamovich Boltaboyev filialga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Mahmudjon Rustamovich filial xodimlari va professor-o’qituvchilari bilan suhbat o’tkazib, muammo va takliflarini tingladi. Shuningdek filial moddiy texnik bazasi bilan tanishdi.
Tashrif yakunida filial rahbariyati bilan kelajakda amalga oshirilishi lozim vazifalar belgilab olindi.
Filial Matbuot kotibi.


