Filialda «Direktor va talabalar ochiq muloqoti» o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘ZBEKISTON — 2030” strategiyasi to’g’risida»gi PF-158-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Direktor va talabalar ochiq muloqoti» tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori professor B.Erimbetov ochib berdi va olib bordi. Filial direktori o’z so’zida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyat va yengilliklar to’g’risida aytib o’tdi.
Tadbirda direktor o’rinbosarlari, direktor maslahatchisi, tegishli bo’lim boshliqlari, dekan, dekan o’rinbosarlar va tyutorlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida talabalar tomonidan filial direktoriga o’zlarini qiynab kelayotgan muammolar va amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.
Ushbu muloqotdan ko’zlangan asosiy maqsad ham talabalarga yanada qulayliklar yaratish uchun ularning muammo va takliflarini tizimli o’rganish bo’lib hisoblanadi.
Filial Matbuot xizmati.




