“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovini e’lon qiladi
Respublikamiz ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini xorijiy tajribalar orqali oshirish,shuningdek, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar orasida xorijda ta’lim olganlar salmog‘ini ko‘paytirish maqsadida,
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida ta’lim olish bo‘yicha 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.
Mazkur tanlovlarga hujjatlar joriy yilning 10-oktyabr kunidan 10-noyabr kuniga qadar jamg‘armaning rasmiy sayti (http://admission.eyuf.uz), (+99897)-753-83-36 telegram manzili) orqali qabul qilinadi.
Filial matbuot xizmati.
