Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni

 Har yili Xalqaro talabalar kuni (International Students’ Day) 17 noyabrь kuni nishonlanadi. Ushbu kun 1941 yili Londonda fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning uchrashuvi vaqtida joriy qilingan, biroq ushbu bayram bir necha yildan soʼng, yaʼni 1946 yildan buyon keng nishonlanishni boshlangan. Bayram chexiyalik vatanparvar talabalarning xotirasiga bagʼishlanib joriy qilingan.

 1946 yil 17 noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Аlbatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bogʼliq. 1939 yil 28 oktabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning oʼqituvchilari Chexoslavakiya davlatining taʼlim bayramini(1918 yil 28 oktabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar.   Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu toʼpolonda tibbiyot fakulьtetining talabasi Yan Opletal otib oʼldirilgan.

  1939 yil 15 noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi.

 Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy oʼquv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini oʼtkazish belgilandi. Hozirgi kunga kelib, dunyoning koʼpgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

Filial Matbuot xizmati.