Direktor kubogi» turniri g‘oliblari aniqlandi
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular orasidan ziyrak, bilimli va qobiliyatli yoshlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida » Zakovat» intellektual o‘yini «Direktor kubogi» turniriga start berilgan edi.
«Direktor kubogi» uchun filial talabalari orasida o‘tkazilgan » Zakovat» intellektual o‘yinining yakuniy turi bugun yangi yil bayrami arafasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
O‘yin yakunida ziyrak, bilimli va qobiliyatli talabalardan tuzilgan jamoalar orasidan 1-o‘rin 3-kurs «Psixologiya (sport)» mutaxassisligi «Fly Higher» jamoasi a’zolariga, 2-o‘rin 2-kurs «Psixologiya (sport)» mutaxassisligining «Ishonch» jamoasi a’zolariga va 3-o‘rin 3-kurs «Suzish» mutaxassisligining «GigaChad» jamoasi a’zolariga nasib etdi.
G‘olib jamoa a’zolari Yangi yil bayrami tadbirida filial raxbariyati tomonidan Diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun turnirda 1-o‘rinni egallagan jamoaning har bir a’zosi bazaviy stipendiya miqdoriniing ikki barobari 1. 034. 000 so‘m, 2-o‘rinni egallagan jamoaning har bir a’zosi bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim barobari 775. 000 so‘m va 3-o‘rinni egallagan jamoaning har bir a’zosi bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari 517. 000 so‘m miqdorida mukofotlanadi.
Filial Matbuot xizmati.




