Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari uchun Nukus yoshlar texnoparkiga ekskursiya tashkil etildi

Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari uchun Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi va tyutorlari hamroxligida Nukus yoshlar texnoparkiga ekskursiya tashkil etildi.

Nukus yoshlar texnoparkida talabalar kichik ishlab chiqarish zonasidagi 3D printerlar, pnevmatika o‘quv stendlari, lazer kesgich, frezer ishlov beruvchi markaz, gidravlik list bukgich, elektr payvandlagich, laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari uskunalari va kichik yoshdagilar uchun robototexnika, mobilografiya, grafik dizayn, mental arifmetika, ingliz tili kurslari bilan yaqindan tanishdi.

Ekskursiya davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.