Filialda «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Joriy yilning 23-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Raisligida o’tkazilgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ish beruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, bitiruvchi kurs talabalariga ish topish, kadrlarga zarurati bor tashkilotlar va korxonalarga ishga joylashish hamda hududiy mehnat bozori bo’yicha to’liq ma’lumot berish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasini filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o’rinbosariR.Xaydarov kirish so’zi bilan ochdi va «Karyera kuni» to’g’risida talabalarga ma’lumot berib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki 2023-2024-o’quv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha 286 nafar talaba bitirishi kutilmoqda.

«Karyera kuni» mehnat yarmarkasiga Nukus shahridagi korxona va tashkilotlar o’zida mavjud 345 ta bo’sh ish o’rinlar bilan ishtirok etdi.
️Filial Matbuot xizmati.

