Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Oliy ta’lim muassassalari talabalari o’rtasida etnosport turlari bo’yicha filial ochiq birinchiligi o’tkazildi

Bugun «Turon» markaziy stadionida Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta’lim muassassalari talabalari o’rtasida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ochiq birinchiligi bo’lib o’tdi.

Birinchilikni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so’zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqa ishtirokchilari asrlar davomida xalq orasida rivojlanib kelayotgan «Qasharman top», «Qarab tep (langa), «Qozon» va «Arqon tortish» kabi milliy va harakatli o’yinlarda o’zaro bellashdi.

Etnosport turlarini xalqimiz orasida ommalashtirish maqsadida o’tkazilgan musobaqada jamoaviy hisobda 1-o’rinni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, 2-o’rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va 3-o’rinni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi a’zolariga nasib qildi. Sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.