Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Delegatsiya a’zolari Rossiyaning «Alabuga» politex kompaniyasida bo’lishdi

 Bugun, 25-iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Qayipbergenov hamda Nukus sharidagi oliy ta’lim muassasalari rektor va direktorlaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Rossiyaning «Alabuga» politex kompaniyasida bo’lishdi.

Delegatsiya a’zolari qatorida filial direktori B.Erimbetov ham ishtirok etmoqda.

Dastlab delegatsiyasi a’zolari rasmiy kutib olindi.

Shundan so’ng, kompaniya xodimlari delegatsiya a’zolarini «Alabuga» politex kompaniyasida faoliyati bilan yaqindan tanishtirib o’tdi

So’ng «Alabuga International School» xalqaro maktabiga ekskursiya tashkil etildi va shu joyda kompaniyaga tegishli zavodlar, o’quv markazlari va boshqa inshoatlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Xizmat safaridan ko’zlangan asosiy maqsad xalqaro aloqalarni kengaytirish va bu bo’yicha bir qator kelishuvlarga erishish hamda shartnomalar tuzish.

Filial Matbuot xizmati.