Qoraqalpog’iston Respublikasi delegatsiya a’zolari Rossiyaning «Alabuga» politex kompaniyasida bo’lishdi

Oldin xabar berganimizdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi delegatsiyasi a’zolari Rossiyaning «Alabuga» politex kompaniyasida xizmat safari bilan bo’lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari qatorida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov ham qatnashmoqda.
Kunning birinchi yarmida delegatsiya a’zolari uchun «Alabuga International School» xalqaro maktabiga ekskursiya tashkil etilgan bo’lsa, kunning ikkinchi yarmida Rossiyaning ОЭЗ «Алабуга» ООО «П-Д Татнефт-Алабуга Стекловолокно» zavodiga sayohat tashkil etildi.

Bu joyda delegatsiya a’zolari zavoddagi maxsus uskunalar, shuningdek, zavod faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari B.Otemuratov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining, xizmat safari davom etmoqda.