Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda

Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️ Batafsil (matn ustiga bosing) 

❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:

👉 @Registan_IELTS_bot

👉 @Registan_IELTS_bot 

Filial Matbuot xizmati.