Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoira bilan uchrashuv tashkil etildi

Talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish hamda badiiy savodxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli shoira, pedagog Gavhar Ibodullayeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Ijodiy uchrashuv davomida Gavhar Ibodullayeva hayot va ijod yoʻli, ustozlar oʻgitlari, shoir yuragining hamisha uygʻoqligi haqida soʻzladi. Shoir sheʼrlaridan namunalar oʻqib berish bilan birga, ularning yozilish tarixi bilan ham oʻrtoqlashdi.

Loyihasi doirasida sportning shaxmat turidan musabaqa bo‘lib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.