Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari va talabalar buyruqning mazmun mohiyati bilan tanishtirildi

Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-son buyrug‘ining 2.7-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida majilis bo‘lib o‘tdi.

Majilista filial direktorining O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i D.Kochanov va Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Romankulovlar tomonidan filial professor-o‘qituvchi va talabalari mazkur buyruqning mazmun mohiyati bilan tanishtirildi.

 

 

 

Jumladan, yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan katta sig‘imli auditoriyalarni belgilash va ushbu auditoriyalarni zaruriy texnik vositalar, ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlash, yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi professor-o‘qituvchilar tarkibini tajribali, mas’uliyatli xodimlar tarkibidan shakllantirish, yakuniy nazorat topshiriqlari (savollari) fan dasturi (sillabusi) asosida imtihon jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin tayyorlanishini ta’minlash va bunda topshiriqlar (savollar)ni ishlab chiqishda kafedra mudirlarining mas’uliyatini oshirish, o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun filialning rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish kabi masalalar ko‘rib o‘tildi.

 

Filial Matbuot xizmati.