Ishchi guruh a’zolari filialning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashdi

Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh a’zolari filialning professor-o‘qituvchilari bilan, so‘ngra talaba-yoshlar bilan uchrashdi va ulardan filialni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini tingladi va bu borada o‘zlarining takliflarini bildirdi.

Talabalar bilan uchrashuv davomida ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishda filial tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar, o‘qish jarayoni bilan bog‘liq muammolar va ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida yaqindan suhbatlashdi.

Ishchi guruh a‘zolari tyutorlar, kafedralar, o‘quv bo‘limi, kutubxona faoliyati va Ofis registratori xizmatlari bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan filial faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.


Filial Matbuot xizmati.