Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning yakuniy nazorat imtihonlari va o‘qish jarayonida duch kelayotgan to‘siqlarni aniqlash, fikr-mulohazalarini eshitish, uchrayotgan muammolarini joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktorining O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratov talaba-yoshlarga o‘quv va yakuniy nazorat imtihonlarining jarayoni bilan bog‘liq to‘siqlar, ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalarning ijara pullari o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlari kerakligi haqida fikr-mulohazalarini tingladi.

Uchrashuv davomida talabalarning bildirilgan takliflari inobatga olindi va ular tomonidan berilgan har bir savolga direktor o‘rinbosari mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda javob berdi.

Filial Matbuot kotibi.