Filial jamoasi sovrinli o‘rin sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida «Universiada-2025» sport musobaqalarining badminton turi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Final bosqichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi. Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida filial jamoasi jamoaviy hisobda 2-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sportchilarni musobaqaga professor-o‘qituvchilardan Raxat Beknazarov tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati