Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Hurmatli filial mehnat jamoasi a’zolari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Ziyo ulash” aksiyasi e’lon qilindi.

Aksiyaning dastlabki bosqichi adliya tizimida ishlovchi xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Bunda ushbu soha xodimlari o‘zlari o‘qigan kitoblarini o‘z xohishlari bilan olib kelib topshiradi va ushbu topshirilgan kitoblar asosida respublikamiz bo‘ylab 200 dan ortiq mahalla kutubxonalari tashkil etiladi.

Ushbu tashabbusga respublikamizning barcha qatlami vakillari qatorida filialning mehnat jamoasi a’zolarini ham faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Filial Matbuot xizmati.