Sport vaziri filial ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi va filial faoliyatiga yuqori baho berdi

Bugun Sport vaziri Adham Ikramov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori bilan birga universitetning Nukus filialiga keldi.

Vazir filialda tashkil etilgan «Registrator ofis» xizmati bilan tanishdi va uning talabalar uchun afzalliklari haqida tushunchalar berdi hamda kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

So‘ng filialni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Filial Matbuot xizmati.