Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovi

  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” (keyingi o‘rinlarda Davlat muassasasi deb yuritiladi) aholining intellektual mulk haqidagi xabardorlik darajasini yanada oshirish, ilm-fan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va intellektual faoliyat natijasi egalarini rag‘batlantirish maqsadida “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovini e’lon qiladi.

   Tanlovda so‘nggi 3-yil (2022-2024-yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan eng yaxshi ixtiro yoki foydali model, eng yaxshi seleksiya yutug‘i, eng yaxshi sanoat namunasi nominatsiyalari bo‘yicha qabul qilinadi.

   Tanlovda har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i bilan birgalikda quyida ko‘rsatilgan miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  • eng yaxshi ixtiro yoki foydali model bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari;
  • eng yaxshi seleksiya yutug‘i bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
  • eng yaxshi sanoat namunasi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari.

   Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 2025-yilning 1-fevraldan 1-aprel kuniga qadar tanlovda ishtirok etishni istagan intellektual faoliyat natijasi egalari tomonidan komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovida qatnashish uchun ariza;
  • obyektdan foydalanish dalolatnomasi yoki obyektning foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi‚ litsenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va boshqalar).

Tanlovda qatnashish uchun arizalarni va ma’lumotlarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin.

Telefon: 71-232-50-19

Elektron pochta manzili: tanlov@ima.uz

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra mavzesi, 33-uy.